11-yanvardan barcha OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytiladi

11-yanvardan barcha OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytiladi

Barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev AOKAda tashkil etilgan brifingda aytib o‘tdi.
“Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.
Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. O‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqilsa, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim”, — deyiladi xabarda.


Во всех вузах разработан график традиционного начала учебного процесса. Согласно графику, с 11 января 2021 года учебный процесс на профильных курсах всех вузов начнется по традиционной схеме.

Об этом заявил начальник информационной службы Министерства высшего и среднего специального образования Фархад Бабашев на брифинге в АОЦА.
«Некоторые студенты, которые больны или нуждаются в социальной защите, могут продолжить обучение онлайн. В этом случае университеты изучают условия студентов. Студенты, имеющие все возможности, будут полностью вовлечены в традиционное образование.
Еженедельные учебные дни определяются исходя из еженедельных нагрузок в учебном плане. Исходя из недельной нагрузки, отведенной на предметы в учебном плане, недельный учебный день составляет 5-6 дней. При этом не следует превышать дневную нагрузку учащихся.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: