Ta’limda innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish haqida

Ta’lim yangi bosqichga ko’tarilmoqda, o’quvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axborot olish osonlashmoqda, bunday o’sish jarayonida o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.

Oshpazlar bir xil guruchdan osh pishirishadi, lekin ba’zi mahoratli oshpazlar taomni o’ta puxtalik bilan tayyorlab maqtovga sazovor bo’lishadi, nonvoylar ham bir xil undan non yopsalarda ularning ba’zilariniki shakli va mazasi jihatdan ajralib turadi. Bularning hammasi kasbiy mahorat evaziga erishiladi. O’qituvchi ham o’z kasbiga puxta yondoshgan holda darslarni tashkil etsa bir umr hurmat-e’tiborda bo’ladi.
Bugungi kunda axborot ko’lami juda kengayib ketdi. Agar o’qituvchi o’z ustida ishlamasa avvalgi o’rgangan bilimlari yetarli bo’lmay qoldi. Dars mavzularini kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bo’g’lab o’tilsa, turli innovatsion texnologiyalardan foydalanilsa dars esda qolishiga erishilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga innovatsion usullardan foydalanib, fanlar aro bog’langan holda ekologik-gigiyenik bilimlar bilan darsni to’ldirishi zarur.
Innovatsiya – (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni ifodalaydi, texnologiya esa yunoncha “texnos” – san’at, mahorat va “logos” – fan so’zlaridan olinib innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondoshish degan ma’noni bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogic jarayon hamda o;qituvchi va o;quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritishdir. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o’qituvchiga quyidagi bilimlarni bilish taqazo etiladi:

    AKT bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish;

    YaPT (yangi pedagogic texnologiya) bo’yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo’lish;

    Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o’yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati;

    Ilg’or pedagogic texnologiya bo’yicha bilimlarni o’zlashtirib boorish;

    Bilimlarni ko’nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan bo’lishi;

    Dars jarayonida harakatli o’yinlardan unumli foydalana bilishi;

    Imkoni bo’lsa darsni internet tarmog’iga bog’lab o’ta bilishi;

    O’z ustida tinmay ishlashi, har soxaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va boshqalar.

O’qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kampyuter, proyektor, electron doska vahokazo) foydalanishi mumkin. O’qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko’p bo’lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish kerak. Har bir o’qituvchi ta’limga individual tarzda yangilik kiritishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o’qituvchi o’z faoliyatidan qoniqmaslikdan kelib chiqadi.

“Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.”

– degan edi mashhur pedagog A. Nikolskaya. Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o’qituvchi va o’quvchi mushtarakligiga erishish, o’quvchilarni fanga qiziqtirish, ta’limga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, o’rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’lish, AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg’unlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiontexnologiya – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda o’quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir.
Darslarni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishga doir ushbu maqola bilan, darslarni samarali tashkil etish uchun foydalaniladagan metod va o’yinlar haqidagi ushbu va o’quvchilar toliqqanda o’tkazilishi mumkin bo’lgan dam olish daqiqalariga doir ushbu maqola bilan ham tanishib ko’rishingiz mumkin.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: