Dushanba , 18 Fevral 2019
Bosh sahifa » Ko'zi ojizlar uchun » Qanday qilib rasmli CAPTCHAni ko’rmay turib rasmdagi kodni to’g’ri kiritish

Qanday qilib rasmli CAPTCHAni ko’rmay turib rasmdagi kodni to’g’ri kiritish

Bugungi kunda vertual dunyodan salmoqli foydalanadigan ko’zi ojizlar soni tobora ortib bormoqda. Ular garchi ovozli texnologiyalar yordamida istagan ishni amalga oshira olsalarda rasmdagi kodni kiritish jarayonida birovning yordamiga muhtojlik sezardilar. Endi, ushbu maqolada CAPTCHA ni ko’rmasdan turib qanday to’g’ri kiritishni ko’rib chiqamiz.

CAPTCHA nima va u nimaga kerak?

CAPTCHA inglizcha «Completely Automated Public Turing test to tell Computers and Humans Apart» so’zining qisqartmasi bo’lib, javob berayotgan subyektning robotdan farqlab odam ekanligini tekshiradigan, to’la avtomatlashtirilgan so’rovdir. Bunday so’rov odatda odam ajrata oladigan, biroq kompyuter tanimaydigan harf va raqamlardan iborat rasm, matematik yoki mantiqiy savol , obyektni to’g’ri tanlash, audio va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Internetda maxsus dasturlar (robotlar, botlar) dan foydalanib juda katta miqdordagi elektron xatlarni yuboruvchi, yoppasiga registratsiyalarni amalga oshiruvchi spamerlar paydo bo’lgach, ko’pgina saytlar keraksiz xabar va ortiqcha registratsiyalarga to’lib ketdi. Bunday holatni oldini olish va spamdan himoya qilish uchun CAPTCHA o’ylab topilgan. Agar spamerlar dasturi harakati forum yoki saytlarda ro’yxatdan o’tishga yo’naltirilgan bo’lsa, CAPTCHA 90% hollarda buni bartaraf qiladi. CAPTCHAning har bir turi muayyan guruh foydalanuvchilar uchun o’ziga xos noqulayliklarga ega. Masalan, audio-CAPTCHA eshitish a’zosi rivojlanmagan, matematik va mantiqiy savol kabi matnli vazifalar javobini bilmaydigan, rasmli-CAPTCHA esa ko’zi ojiz foydalanuvchilar uchun qiyinchilik uyg’otadi. Biz ushbu dasturning har bir turiga alohida to’xtalmasakda, eng ko’p tarqalgan rasmli-CAPTCHAni ko’ra olmay qanday qilib kiritish mumkinligi haqida fikr yuritamiz. Buni amalga oshirish uchun Mozilla Firefox brauzeri va WebVisum plagini yordam beradi.

WebVisum plagenini o’rnatish va sozlash

Mozilla Firefox brauzeri 3 va undan yuqori bo’lgan versiyalari uchun WebVisum plaginini taqdim etadi. Plagindan foydalanish uchun dastlab WebVisum.com rasmiy saytidan ro’yhatdan o’tish lozim. Ushbu akkaunt plagindan foydalanishda kerak bo’ladi. Ro’yhatdan o’tish formasi quyidagilardan iborat:
• Username – Login.
• Full Name – Ism sharif.
• Email – Elektron pochta. E-mailni to’g’rikiritish lozim, shu pochta orqali ro’yhatdan o’tish tasdiqlanadi.
• Password – Parol. Parol kamida 6 belgidan iborat bo’lishi kerak.
• Confirm Password – Kiritilgan parolni takrorlash.
• Invitation Code – Taklif kodi. Kodni qanday olishni quyida tushuntiraman.
• Create Account – Ro’yhatdan o’tish.
Ushbu amallar bajarilgach ko’rsatilgan e-mailga tasdiq kodi keladi, ushbu xabardagi lingni ochish yoki lingni ko’chirib brauzerda ochish bilan ro’yhatdan o’tish yakunlanadi. Ro’yhatdan o’tilgach, plagen rasmiy saytining Download sahifasini ochiladi. U yerdan install the WebVisum extension. Lingi bosiladi. Ling bosilganda brauzer sizdan plaginni o’rnatishga ruxsat berishingizni so’raydi. Ruxsat berish uchun brauzeringiz interfeysi rus tilida bo’lsa yozuvni kirilchaga o’tkazib klaviatura orqali Alt+З kombinatsiyasi bajariladi va “Разрешить” tugmasiga probil yoki enterni bosiladi va o’rnatishni boshlash uchun Alt+А kombinatsiyasi bajariladi. Plagin brauzerga bir necha soniyada o’rnaydi. Plagin o’rnagach hosil bo’lgan «Перезапустить
сейчас» tugmasini bosib brauzerni qayta yuklanadi. Brauzer qayta yuklanganda WebVisum oynachasi hosil bo’ladi va “Username” katakchasiga ro’yhatdan o’tishda kiritilgan login, “Password” katakchasiga parol kiritilib, har safar brauzer ochilganda plaginni avtomatik ishga tushirish uchun «Запомнить мои реквизиты и авторизовываться автоматически» tugmasiga belgi qo’yib “OK” bosiladi. Shundan so’ng «Внимание! Вы авторизовались в WebVisum» so’zini eshitsangiz, yordamchi dastur muvaffaqiyatli ishga tushgan bo’ladi. Dasturdan foydalanish uchun rasmdagi kod kiritilishi lozim bo’lgan sahifada kontekst menyusi hosil qilinadi va «Распознать capcha» buyrug’i tanlanadi yoki klaviatura orqali «CTRL + Alt + 6» kombinatsiyasi bajariladi. Natijada «Капча была отправлена в WebVisum.
вы будете уведомлены, когда результат будет готов» xabari chiqadi va biroz fursatdan so’ng «WebVisum» должен вас уведомить о том, что «Результат скопирован
в буфер обмена» xabari paydo bo’ladi. Endi kod tayyor! Kursorni kod yozilishi lozim bo’lgan joyga keltirilib “Ctrl + V” kombinatsiyasi orqali buferdagi tayyor kodni joylanadi.
Ushbu yordamchi dastur brauzeringiz bilan birikib ishlar ekan siz har yangi sahifa ochganingizda sahifa yuklanganini bildirib “shirq-shirq” ovoz eshitiladi. Bu xizmatni o’chirish uchun istalgan sahifa ochiladi va kontekst menyusi hosil qilinib «WebVisum» menyusi, bu menyudan «Звуковые оповещения» menyusi tanlanadi va u yerdagi uch elementning har biriga (1 Приглушить всё, 2 Приглушить щелчки, 3 Приглушить ошибки) alohida enter bosib belgi qo’yib chiqiladi.

Qanday qilib taklif kodini olish

Buning uchun WebVisum.com saytining Taklif kodini so’rash sahifasini ochiladi va quyidagi forma to’ldiriladi:
• Name: Ism.
• Email: Shaxsiy e-mail.
• Message: O’zingiz haqingizda ingliz tilida xabar qoldirishingiz kerak. Xabar shunday bo’lishi mumkin: “Hello! My name Akmal. I live in Uzbekistan.”. Tarjimasi: “Salom! Mening ismim Akmal. Men O’zbekistonda yashayman.”. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz umuman boshqacha ma’lumotlar yozsangiz ham bo’ladi va shundan so’ng “Submit Comment” tugmasini bosiladi. Barchasini bajarganingizda “Thank you for your request. We will reply to you soon.” Xabari paydo bo’ladi va ma’lum vaqtdan so’ng sizning e-mailingizga quyidagicha xat keladi:
«Hello. Before we can provide you an invitation you really have to tell us a bit more about yourself and how you will be using WebVisum. We do this for
a few very important reasons:

1. We love to know who our users are.
2. It helps us understand what our users need.
3. Its helps protect the WebVisum community frоm abusers.

We hope to hear frоm you soon,
The WebVisum team.»
Tarjimasi:
“Biz sizga taklif kodini taqdim qilamiz, faqat siz o’zingiz haqingizda biroz ko’proq va WebVisumdan nima maqsadda foydalanishingiz haqida aytishingiz kerak. Buning bir necha muhim sabablari bor:

1) Bizning ishimizdan kimlar foydalanayotganini bilish bizga yoqadi.
2) Bu bizga plaginimizdan kimlar foydalanayotganligi haqida tushuncha beradi.
3) WebVisum hamjamiyati ushbu plagin foydalanuvchilarini huquqlarini muhofaza qilish uchun yordam beradi.

Umid qilamizki, sizdan tez orada javob eshitamiz.
WebVisum jamoasi”
Siz ushbu xatga quyidagicha atrofida javob qaytarishingiz mumkin:
“Hello. My name is Akmal. im blinded. Im frоm Uzbekistan. I want used webvisium for work in internet, many sites in my country have CAPTCHA – this sites unaccesability for me. Webvisum must help me in this living situation.”
Tarjimasi:
“Salom. Mening ismim Akmal. Mening ko’zim ojiz. Men O’zbekistondan bo’laman. Mamlakatimizdagi juda ko’p saytlarda captcha bor, shuning uchun men ulardan foydalana olmayman. Umid qilamanki, bunday qiyin vaziyatlarda WebVisum menga yordam beradi.”
Shundan so’ng sizning e-mailingizga taklif kodi keladi. Siz xabardagi lingni ochish yo’li bilan, yoki taklif kodini ko’chirib yuqoridagi ro’yhatdan o’tish jarayonida “Invitation Code» katakchalariga kodni joylab ro’yhatdan o’tishingiz mumkin. Basharti, sizga taklif kodi emas, yana so’rov keladigan bo’lsa, ular sizga hali ishonishmagan bo’ladi va siz boshqacharoq ma’lumotlar bilan yana urinib ko’rishingiz mumkin. WebVisum jamoasi o’z foydalanuvchilariga qo’shimcha taklif kodlarini olish imkonini yaratgan. Harakatlaringiz muvaffaqiyatsiz bo’lsa menga Bog’lanish formasi orqali yoki oddiygina baxtiyorroziq@mail.ru e-mailimga murojaat qilsangiz, WebVisum sayti foydalanuvchisi sifatida siz uchun taklif kodini beminnat olib e-mailingizga jo’natishim mumkin.

Webvisum Mozilla Firefoxning qaysi versiyalariga tushadi?

Plagin Mozilla Firefoxning 3 dan 43 gacha bo’lgan versiyalariga yuqorida ko’rsatilganidek ishlaydi. 2015 yildan boshlab brauzer ishlab chiqaruvchilari plaginlar imzosi va elektron sertifikatlarni majburiy tekshirishni yo’lga qo’ydi. WebVisum plagini bu jihatdan sinalmagani uchun uni o’rnatishga Mozilla Firefox tomonidan to’siq qo’yilgan va avval o’rnatilgan bo’lsa 43 va undan yuqori versiyalariga yangilansa avtomatik tarzda dastur ham to’xtaydi. 43 va 48 versiyalari uchun bunday to’siqni olib tashlash imkoni mavjud. Bu Mozilla Firefoxning sozlamalar sahifasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun brauzerning sayt manzili yoziladigan katakchasiga “about:config” yozib sahifa ochilganda so’ralgan “Я обешаю, что буду осторожен!” tugmasini bosiladi. Bu sahifada brauzer sozlamalarini o’zgartiruvchi juda ko’p bandlar bo’lib ular orasidan «xpinstall.signatures.required» qatori topiladi. Ushbu qatorni “Поиск” katakchasiga yozib ham topish mumkin. Qator topilganda kontekst menyusi hosil qilinib “Переключить” tugmasi bosilgan holda «true» belgisini «false» belgisiga o’zgartiriladi. Shunday qilinganda brauzer imzosiz plagenlar va elektron sertifikatlarni tekshirmaydi. 49 va undan yuqori versiyalar uchun sozlamalar o’zgartirilgan taqdirda ham natija bo’lmaydi. Yuqori versiyalar uchun imzosiz plaginlar va elektron sertifikatlarni tekshirishni qanday qilib cheklash mumkinligini hozircha o’zim ham bilmayman. Tekshirishni cheklashni allaqachon biladiganlar bo’lsa va fikr bildirish formasi orqali ma’lum qilsalar mamnun bo’lar edik.

Plaginning kamchiliklari

Plagin yaratuvchisi Amerikaliklar bo’lib faqat lotin yozuvidagi harflarni o’qishga moslashtirilgan. Bu degani rasmdagi harflar kirill yozuvida bo’lsa dastur uni o’qiy olmaydi. CAPTCHA dasturlarining aksariyati lotin yozuvli harf va raqamlardan tarkib topishini inobatga olsak bu muammo bo’lmaydi. Plaginning yana bir kamchiligi bir foydalanuvchi 1 kun davomida faqat 10 marotabagacha so’rov yuborishi mumkin. Garchi, rasmdagi kodni o’qib beruvchi bir nechta 2captcha.com, Antigate.com/, Link-assistant.com kabi va boshqa pullik servislar ham mavjud bo’lib, ular ko’rsatadigan yordamni mazkur plagin bilan ham amalga oshirsa bo’ladi. Google orqali shuni bildimki, dunyo bo’ylab aksariyat ko’zi ojiz foydalanuvchilar CAPTCHA muammosini o’zgalar yordamisiz WebVisum orqali hal qilishar ekan.

Muallif Baxtiyor Roziq

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt mehmonlari, sizning e'tiboringiz men uchun juda muhim. Qanday ishlayotganimni bilish men uchun juda qiziq. Iltimos, ushbu maqolaga o'z munosabatingizni bildiring. Qo'shimcha fikrlaringiz bo'lsa baham ko'ring.

2 ta fikr

  1. Maqola zor mukammal chiqibdi, koproq yangilik kutib qolamiz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan