Bosh sahifa » Ko'zi ojizlar uchun » Qanday qilib PDF formatni DOC formatga aylantirish

Qanday qilib PDF formatni DOC formatga aylantirish

Ba’zan PDF formatdagi faylni oddiy matn ko’rinishida saqlab olish zarurati paydo bo’lib qoladi. Bunday masalada eng to’g’ri yechim ABBYY FineReader dasturidir.

PDF (Portable Document Format) – Adobe Systems korporatsiyasi ishlab chiqqan format bo’lib, o’qish, kuzatish, axborotni birovga yuborish uchun ommalashgan qulay format hisoblanadi. Internet tarmog’iga yuklanayotgan kitoblarning ham aksariyat qismi PDF shaklidadir. Yordamchi dastur ko’magida kampyuterdan foydalanadigan ko’zi ojizlar mutolaa qilish uchun DOC formatdagi kitob va fayllarni qidirishadi. Nega deganda bunday yordamchi dasturlar PDF formatni ovozlashtira olmaydi. Aytish mumkinki, PDF formatni DOC formatga xech qanday xatolarsiz, asl ko’rinishida saqlab olishning imkoniyati bor. ABBYY FineReader yordamida buni qiyinchiliksiz amalga oshirsa bo’lar ekan. ABBYY FineReader kampyuterga muvaffaqiyatli o’rnatilgandan so’ng dasturni ochamiz va fayl menyu buyruqlar satridan Открыть PDF/изображение satriga bosamiz. Bu ishni Ctrl+O tezkor klavishlar yordamida ham bajarsa bo’ladi. Natijada ochilgan oynadan DOC formatga aylantirishimiz lozim bo’lgan faylni tanlab Открыть tugmasini bosamiz. Dastur faylni to’liq skayner qilib aniqlab o’ziga qabul qilgunga qadar kutib turamiz. Kutish davomiyligi fayl hajmiga bog’liq. Fayl ochilgandan keyin fayl menyu buyruqlari satridan Сохранить документ как buyrug’ini tanlasak quyidagi menyu hosil bo’ladi:
Документ Microsoft Word
Документ Microsoft Word 97-2003
Документ Microsoft Excel
Документ Microsoft Excel 97-2003
Презентация Microsoft PowerPoint
Документ OpenOffice.org Writer
Документ PDF
Документ PDF/A
Документ HTML
Текстовый документ
Документ CSV
Electronic Publication (EPUB)
FictionBook (FB2)
Документ DjVu
O’zimizga ma’qul kelgan buyruqni tanlab Сохранить tugmasini bosib natijani tekshiramiz. Albatta, dasturdan foydalanishning bundan osonroq yo’li ham bor. Buning uchun PDF fayl ustida kontekstual menyu hosil qilib ABBYY FineReader/ Конвертировать в Microsoft Word ketma-ketligini tanlab bir necha daqiqa kutamiz. Fayl DOC ko’rinishida ochilgach nom kiritib kerakli joyga saqlab olamiz. Dasturni tas-ix hududida mana buyerdan yoki abbyy.rusaytdan istalgan versiyasini ko’chirib olishingiz mumkin.
Ba’zi PDF fayllar maxsus parollar bilan himoyalangan bo’ladi. Bunday hollarda PDF Password Remover dasturchasidan foydalanib paroldan forig’ bo’lish mumkin. Dasturni mana buyerdan ko’chirib kampyuterga o’rnating. Dasturni ishga tushirib “Try” tugmasini bosing va parollangan PDF faylni ochib qayta saqlang. Ana shu saqlangan fayl parolsiz holda bo’ladi. Bularning barchasi siz o’ylagandan osonroq, hozirdanoq sinab ko’rishingiz mumkin. Ish jarayonida qiyinchilikka duch kelsangiz, savollar paydo bo’lsa, fikr bildirish formasi orqali qoldirishingiz mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan