Bosh sahifa » Qanday qilib » Qanday qilib lotin yozuvni kirilga, kiril yozuvni lotinga o’tkazish

Qanday qilib lotin yozuvni kirilga, kiril yozuvni lotinga o’tkazish

Bu yerda gap analog shakldagi brauzer haqida emas, Microsoft Word dasturining o’zida bajariladigan o’girishning eng oddiy yo’li haqida boradi.

Yozuvda ikki tillilik davom etayotgan bugungi kunda qanday qilib kirill yozuvni lotinga, lotin yozuvni esa kiril yozuvga o’tkazishni bilish ko’pchilik uchun foydali bo’lardi. Ishni mana bukichik faylni ko’chirib olishdan boshlaymiz. Endi kampyuterdagi yashirin fayl va papkalarni ochiq holatga keltiramiz. Buning uchun pusk menyusidan Панель управления bo’limiga kiramiz. U yerdan Свойства папки sozlamasini topib ochamiz. Natijada yangi oyna hosil bo’ladi. Ochilgan oynadan вид страница bo’limiga o’tib Показывать скрытые файлы и папки OFF holatda turgan bo’lsa, probilni bir marta bosib ON holiga keltiramiz. Jaws yordamida kampyuterdan foydalanuvchi kishilar bu amalni bajarish uchun Панель управления bo’limidan Свойства папки oynasini ochadilar, CTRL+tap, keyin esa tap tugmasini ikki marta bosib strelka bilan pastga tushadilar. Strelka Показывать скрытые файлы и папки-OFF degan yozuvga kelganda probil bir marta bosilsa ON holatiga o’tadi. Kampyuterdagi yashirin fayl va papkalarni ochib oldik. Endi yuklab olingan faylni arxivdan chiqarib kopirovat qilib Мой компьютер dan C diskka kiramiz, u yerdan Documents and Settings papkasiga, u yerdan User papkasiga, u yerdan Application Data papkasiga, u yerdan Microsoft papkasiga u yerdan esa Шаблоны papkasiga keramiz va nusxa olingan faylni shu yerga zamenit qilib joylaymiz. Ushbu papkani topishning yana bir yo’li pusk menyusidan Выполнить bo’limiga kirib C:\Documents and Settings\User\Application Data\Microsoft\Шаблоны adresini yozsak kerakli papka ochilganini ko’ramiz. Faylni ko’chirib bo’lgandan so’ng Microsoft Word dasturiga kirsak yuqori menyu qatorida “Lotindan kirilga” va “Kirildan lotinga” buyruqlari paydo bo’lganligini kuzatishimiz mumkin. Buyruqni klaviaturada bajaradigan kishilar DOC formatdagi biror faylni ochib Alt tugmasini bir marta bosib strelkaning o’ng tomonini bosib borsalar “Lotindan kirilga”, “Kirildan lotinga” buyruqlarini ko’radilar. Istalgan hajmdagi lotin yozuvidagi matnni kiril yozuviga, kiril yozuvidagi matnni esa lotin yozuviga o’girishning imkoniyati bor. Bunday o’girish Word dasturining o’zida ekanligi ishingizni yanada osonlashtiradi. O’girishda imloviy xatolarga yo’l qo’yilmaydi, o’zim ham ushbu xizmatdan foydalanaman. Darvoqe, bu faqat Microsoft Wordning 2003 versiyasi uchun amal qiladi. Sozlash muvaffaqiyatli amalga oshgandan so’ng Показывать скрытые файлы и папки-ON ni aslidek OFF holatiga qaytarib qo’yishimiz to’g’ri bo’ladi. Negaki, ayrim fayl va papkalar yashirin holatda turishi standart xisoblanadi.

3 ta fikr

  1. imlo.insof.uz imkoniyatlaridan foydalanib ko’ring!

    Balki yuqoridagi usuldanda ma’qul kelar!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan