Prezident maktablarida kimlar o’qishi mumkin?

Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Birinchi uchta maktab joriy yilda Nukus, Toshkent va Xivada ochilishi belgilangan.

Avvalroq O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni «Prezident maktablarini tashkil etish to’g’risida»gi Qarorni imzolagani ma’lum qilingan edi. Dastlabki Prezident maktablari 2019 yilda Toshkent, Nukus, Xiva shaharlarida qurilsa, 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlarida, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o’quvchidan iborat bo’lib, ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o’quvchi taqsimlanadi. Birinchi o’quv yilida esa 5−10-sinflarining har bir maktab 144 nafardan o’quvchi o’qishga qabul qiladi.
O’quv jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o’quv rejalari va dasturlari bo’yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va «STEAM — ta’lim» (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiya, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha Prezident maktablariga qabul Kembrij Universitetining Imtihon Kengashi tomonidan o’tkaziladi
Joriy yilning 28 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi hamda Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi o’rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.
Mazkur hujjat Prezident maktablari o’quv jarayonlarini rivojlantirish va shakllantirishda XTV hamda Cambridge Assessment International Education o’rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Memorandum doirasida Prezident maktablariga iqtidorli o’quvchilarni qabul jarayonini adolatli, ishonchli va shaffof o’tkazishni joriy etish belgilandi.
Cambridge Assessment Prezident maktablarida o’quvchilarning intellektual salohiyatini ochishga yordam beruvchi o’quv dasturlarini joriy etishda ko’mak beradi.
Hamkorlik yo’nalishlaridan yana biri Prezident maktablari rahbariyati hamda o’qituvchilari malakalarini xalqaro me’yorlarga muvofiq oshirish hisoblanadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari yozma, og’zaki hamda mantiqiy fikrlash natijalariga ko’ra amalga oshiriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo’ladilar, bu esa o’z navbatida xorijiy oliy o’quv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. Dilnura

    Prezident maktablarida o’quv dasturlari faqat ingliz tilida bo’ladimi,nima uchun?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Salom Dilnura, 6-may sanasida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Prezident maktabi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Qarorning I bob 9 qismida keltirilishicha Ta’lim jarayoni o’rta umumiy ta’limning amaldagi davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan o’quv rejalari va dasturlari bo’yicha davlat, qoraqalpoq (Qoraqalpog’iston Respublikasida) va ingliz (STEAM dasturi bo’yicha) tillarida amalga oshiriladi. Bundan anglashiladiki o’quv jarayoni davlat tili va ingliz tillarida, Qoraqalpog’iston respublikasida esa qoraqalpoq va ingliz tillarida amalgam oshiriladi. Qarorning to’liq matni bilan shu yerda tanishish mumkin. Prezident maktablarida darslarni o’zbek tilida ham tashkil etmaslik davlat tiliga nisbatan e’tiborsizlikdek ko’rinardi. Shunday bo’lsada, ingliz tilini puxta bilish , talab etiladi.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: