Dushanba , 18 Fevral 2019
Bosh sahifa » Shaxsiy rivojlanish » Muvaffaqiyatga erishishning eng muhim sirlari

Muvaffaqiyatga erishishning eng muhim sirlari

Muvaffaqiyat bu biror ishda erishilgan yaxshi natija, yutuq va omaddir.

Biz insonlarga o’ylash, fikrlash, orzu qilish va harakat orqali maqsadga yetish imkoniyati berilgan. Muvaffaqiyatga erishish har bir insonning o’z qo’lida. Muvaffaqiyatga erishishda quyidagi hayotiy qoidalarga amal qilish sizga yordam berishi mumkin:
1. Muvaffaqiyatga erishish uchun tirishqoqlik bilan harakat qiling.
Avvalo siz uchun muvaffaqiyat nima ekanligini his qilib olgandan so’ng shu maqsadga erishishni kun tartibingizga aylantirib oling. Sportchilar champion bo’lish uchun o’z ustida tinmay ishlaydilar, , ulardan irodasi kuchli va mashg’ulotlarda ko’p mehnat qilganlarigina zafar quchadilar. Siz ham belgilab olingan maqsad sari barcha imkoniyatlaringizni jamlab harakatdan chekinmang.
2. Muvaffaqiyatga erishish uchun xilma-xil g’oyalarni o’ylang.
Uddaburon bo’ling, g’oyalaringiz orzularingizdan ham ildamroq yursin. G’oyalar sizni mo’jiza kabi izlamaydi, uzoq fikrlashlar, aniq tasavvurlar va ijodiy yondoshish yaxshi g’oyalarga yetaklaydi.
3. Muvaffaqiyatga erishish uchun o’zingiz yoqtirgan ishni qiling.
Boshlayotgan ishingizga bor mehringizni bag’ishlang. Yoqtirmaydigan ishni boshlash yaxshi samara keltirmaydi. O’zingiz uchun zerikarli tuyulgan yoki xush kelmaydigan maqsadga erishuvchi yo’ldan voz kechganingiz ma’qul.
4. Tavakkalchilik muvaffaqiyatning asosiy omillaridandir.
Tavakkalchilikka qo’l urmay turib ham tavakkal qilgan bo’lamiz. Shubha bizni o’zimiz xohlagan bo’lishimizga to’sqinlik qiladi. Tavakkal qilishga qodir bo’lolmasangiz hayotda xech narsaga erisha olmaysiz. Yutqazib qo’yishdan qo’rqmang. Zero ming yiqilib, ming turib, muvaffaqiyatsizliklardan o’tibgina o’ylagan darajangizga erishasiz.
5. Muvaffaqiyat oxiri yo’q yo’l ekanini unutmang.
Ba’zi hollarda insonlar muvaffaqiyatga erishadilar so’ngra omadsizlikka uchraydilar. Buning asosiy sabablardan biri muvaffaqiyatni bir yoqlama yo’l debo’ylaganliklarida, muvaffaqiyatga erishdim deb to’xtab qolganliklaridadir. Muvaffaqiyatga erishish uchun barcha ishni bajaramiz-u muayyan darajaga erishganimizdan so’ng men o’rnimni topdim deb avvalgi barcha harakatlarimizni yo’qqa chiqaramiz. Muvaffaqiyat tugamas yo’l, muvaffaqiyatni ushlab qolish ham iqtidor.
Bulardan tashqari hayotda sermulohaza, samimiy va shirinso’z bo’lish, o’rni kelganda dadil bo’lish, o’rni kelganda o’zini og’ir tutish, atrofdagilarga diqqat-e’tiborli bo’lish, katta yutuqlarga erishgan insonlarga havas bilan qarab ularning ijobiy hislatlarini o’zlashtirish muvaffaqiyatning dastlabki qadamlaridan biridir.

Muallif Baxtiyor Roziq

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt mehmonlari, sizning e'tiboringiz men uchun juda muhim. Qanday ishlayotganimni bilish men uchun juda qiziq. Iltimos, ushbu maqolaga o'z munosabatingizni bildiring. Qo'shimcha fikrlaringiz bo'lsa baham ko'ring.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan