Bosh sahifa » Ko'zi ojizlar uchun » Jaws dasturidan keng foydalanish

Jaws dasturidan keng foydalanish

O’z kampyuterlari uchun eng yaqin ko’makchi Jaws dasturidan foydalanib kelayotgan ko’zi ojiz foydalanuvchilar mazkur dasturning sozlanmasi, imkoniyatlari va qulayliklari haqida ko’proq ma’lumot berishimni so’rab murojaat etishdi. Ushbu maqolada ekran diktori Jaws yordamida bajariladigan amallarni ko’rib chiqamiz.

Dasturchilari, texnik xodimlari, sotuvchilari ko’zi ojiz bo’lgan Freedom Scientific kompaniyasi o’zlari va dunyodagi barcha ko’zi ojizlar uchun mazkur dasturni ishlab chiqishgan. Dastur haqida umumiy ma’lumot va uni qayerdan ko’chirib olish mumkinligi haqida mana bu maqoladayozgan edim. Dastur Параметры, Утилиты, Язык, Справка, О программе va Выход kabi menyulardan iborat. Dastur sozlamalari asosan программе menyusida joylashgan bo’lib, menyu Основные…, Голоса, Брайль…, Управление настройками приложений…, Выход kabi bandlardan tashkil topgan. Основные bandi sozlamasi yordamida ma’lum amalning bajarilish yo’llarini eshittirish, yoki eshittirishni bekor qilish mumkin. Голоса bandi orqali ovozdagi sozlovlar ya’ni, o’qish tezligi, baland pastligi, punktuatsiya, o’qish tili, hamda diktorlar kabi amallarni o’zgartirish, zaruratga qarab bir necha profillar ham yaratib olish mumkin. Брайл menyusi yordamida maxsus brayl displeyining sozlovlarini amalga oshiriladi. Язык menyusida esa dastur ishlaydigan tilni tanlash mumkin. Справка menyusi dastur qoidalari bilan tanishtirsa, О программе dastur versiyasi va ishlab chiqaruvchisi haqida ma’lumot beradi. Выход menyusi dastur ishini tugatish uchun ishlatiladi.
Jaws dasturi keng imkoniyatlarga ega bo’lib u bosilgan klavishlarni, barcha menyu bandlarini, fayllar nomini, matn muharriridagi va global tarmoqdagi yozuvlarni o’qiydi. Amallarni tezkor klavishlar yordamida ham bajarish imkoniyatiga ega. Masalan:
INSERT+J – JAWS oynasi
INSERT+ESCAPE – Ekranni yangilash
INSERT+V – JAWS sozlovlari
INSERT+F2 – JAWS dispatcher
INSERT+F4 – JAWSni yopish
INSERT+F10 – Ochilgan oynalar ro’yxati
INSERT+F12 – Sistema soatini aytish
INSERT+F12 ikki marta tez – Sistema sanasini aytish
CTRL+WINDOWS+L – Tilni tanlash
O’qitish jarayonida quyidagi amallardan ham tez-tez foydalanish mumkin:
CTRL – Ma’lumotni o’qishini to’xtatish
INSERT+T – Oyna sarlavhasini o’qitish
INSERT+TAB – Oynadagi matn va qo’shimcha ma’lumotni o’qitish
INSERT+SHIFT+PASTKI STRELKA – Ajratilgan matnni o’qitish
Kursor uchun komandalar:
PLYUS sonlar klavishida – PC курсор
MINUS sonlar klavishida – JAWS kursori
INSERT+PLYUS sonlar klavishida – PC kursorni JAWS kursor yoniga keltirish
INSERT+MINUS sonlar klavishida – JAWS kursorini PC kursorga keltirish
YULDUZCHA sonlar klavishida – Sichqonchaning o’ng tugmasi
Jadvallarda foydalaniladigan tezkor klavishlar:
WINDOWS+VERGUL – Satrni o’qish
INDOWS+NUQTA – Ustunni o’qish
ALT+CTRL+5 sonlar klavishida – Joriy ktakni o’qish
ALT+CTRL+HOME – 1-yacheykaga o’tish
ALT+CTRL+END – Oxirgi yacheykaga o’tish
Bulardan tashqari Windowsning tezkor klavish birikmalari ham Jawsda amal qiladi. Masalan, matnni tahrirlovchi buyruqlar:
CTRL+Strelka – Belgilash
CTRL+A – Hammasini belgilash
CTRL+C – Nusxalash
CTRL+X – Qirqib olish
CTRL+V – Joylashtirish
CTRL+Z – Oxirgi amalni bekor qilish
DELETE – Joiy simvolni o’chirish
Dastur versiyalari tez-tez yangilanib boradi. Oxirgi chiqayotgan versiyalarida uning imkoniyatlari shu qadar ko’payib bormoqdaki, natijada qulayliklar ortib bormoqda. Jaws dasturi va uning sozlamalari bo’yicha savollar paydo bo’ladigan bo’lsa fikr qoldirish formasi orqali yo’llashingiz mumkin. Savollarga javobni birgalikda topamiz.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan